Rasman: Edu “Arsenal”ga qaytdi

“Arsenal” sobiq o'yinchisi Edu klubga qaytdi.

Edu London klubida texnik direktor lavozimini egalladi. Endi sobiq futbolchi murabbiylar shtabi koordinaciyasi, jamoa akademiyasiga o'yinchilarni tanlash va jalb qilish ishlari bilan shug'ullanadi.

Edu 2001-2005 yillardan “Arsenal” safida harakat qilgan. U bu vaqtda klubga 2 marta APL chempioni bo'lishiga yordam bergan.


Manba: “Арсенал” расмий сайти