Rasman: "Chelsi" 60 million funtlik transferni amalga oshirdi

Administrator
2 iyul 2025
"Chelsi" Joao Pedroni "Brayton"dan o'z safiga qo'shib oldi.

Xabar qilinishicha, London klubi 23 yoshli hujumchi uchun 60 million funt to'laydi. Futbolchi bilan kelishuv 8 yilga mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda Joao Pedro Angliya Premier ligasida 27 ta o'yinda ishtirok etib, 10 ta gol (shundan 5 tasi penaltidan) urdi va 6 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: chelseafc.com