"Real" himoyachisi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

19 apr 2026, 11:55
"Real" himoyachisi David Alaba faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" avstriyalik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" futbolchini shu yozda erkin agent sifatida tekinga sotib olmoqchi.

MYU Alabani mudofaa chizig'ini xarajatsiz mustahkamlash usuli sifatida ko'rmoqda. Himoyachining tajribasi, ko'p qirraliligi va yetakchilik fazilatlari "Manchester Yunayted"ga yoqadi.


Manba: x.com/Ekremkonur