Qozog'iston. 2-tur. Bobir Davlatov 65 daqiqa o'ynadi, Geynrix maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2016, 16:21
Qozog'iston premer-ligasida 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Qo'shni mamlakatda to'p tepayotgan ikki nafar legionerimiz klublari 2-turni o'tkazib bo'lishdi.

Bobir Davlatov faoliyat olib borayotgan "Aktobe" klubi safarda "Taraz" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvda Davlatov 65-daqiqaga qadar harakat qildi va o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatdi. 


Qozog'iston. 2-tur
"Taraz" - "Aktobe" 1:1
Gollar:  Smakov, 12 - penalti (0:1). Zenkovich, 45 (1:1).


Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan "Ordabasi" klubi esa o'z uyida "Astana"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Hamyurtimiz uchrashuvni zaxira o'rindig'idan kuzatdi.

"Ordabasi" - "Astana" 1:3
Gollar: Despotovich, 10 (0:1). Yunuzovich, 15 (1:1). Simchevich, 43 - avtogol (1:2). Anichich, 45 (1:3).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia