

U "Tottenxem" bilan Yevropa Ligasini qo'lga kiritganiga qaramay, keyinchalik ishdan bo'shatildi, ortidan esa "Nottingem Forest"da bor-yo'g'i 1 oydan sal ko'proq ishladi. Shu bilan birga, mashhur mutaxassis ishsiz uzoq qolmadi.
Postekoglu futbolga qaytdi, ammo bu safar murabbiy sifatida emas - u UEFA kuzatuvchilari texnik komissiyasi tarkibiga qo'shildi.
Ushbu guruh a'zolari yuqori darajadagi katta o'yin yoki murabbiylik tajribasiga ega bo'lib, jumladan, UEFA tasarrufida o'tadigan o'yinlarda eng yaxshi futbolchini aniqlaydi yoki turnirlarning ramziy terma jamoalarini shakllantiradi.
Postekoglu bilan bir guruhda ishlayotgan mutaxassislar orasida Garet Sautgeyt, Rafael Benites, Ole Gunnar Sulsher, Roberto Martines va Roy Xojson nomlari tilga olingan.



