Torres "Barselona"ga qarshi o'yinda sobiq jamoasidan "o'ch olish" ishtiyoqida

Administrator
20 okt 2026, 21:44
"Pari Sen-Jermen" napadachisi Ferran Torres Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi bugungi uchrashuvga sobiq klubi rahbariyati bilan yuzaga kelgan nizo sababli alohida ishtiyoq va motiv bilan yaqinlashmoqda.

Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Kataloniyani 48,5 million evro evaziga Parijga almashtirgan 26 yoshli hujumchi "ko'k-anorranglilar" rahbariyatidan xafa bo'lib qolgan. Ispaniyalik futbolchi o'tgan transfer oynasida "Barselona" bosslari uning ortidan Xo'lian Alvaresni sotib olishga harakat qilishganini bilgach, juda chuqur hafsalasi pir bo'lgan va g'azabga tushgan.

Kataloniya klubini tark etishga so'nggi turtki bergan omil esa bosh murabbiy Xans-Diter Flikning qarori bo'ldi. Murabbiy "Atletiko"ga qarshi principial o'yinda Torresni zaxirada qoldirib, hujum markazida yarim himoyachi Dani Olmoni maydonga tushirishni afzal ko'rgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sport.es