"Portu" va KPR sobiq futbolchisi bedarak yo'qoldi

Sherzod Nurmatov
27 avg 2026, 12:25
"Kuinz Park Reynjers" sobiq o'yinchisi Akosh Bujakining Vengriyada bedarak yo'qolgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Bujaki KPR Premer-ligada to'p tepgan 2011/12 yilgi mavsumda "Loftus Roud"da o'ynagan.

"Klub muxlislarning sevimlisiga aylangan Akosh Bujakining bedarak yo'qolganini bilib, qattiq xavotirga tushdi. Hammamiz u sog'-omon topilishini so'rab duo qilamiz", – deyiladi xabarda.

Shuningdek, 44 yoshli Bujakining faoliyatida "Plimut", "Portsmut", "Portu", MTK, "Barnsli" va "Ferencvarosh" klublari ham bo'lgan. Sobiq yarim himoyachi terma jamoa safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Vengriya OAVning ma'lum qilishicha, Bujaki bir haftadan ortiq vaqtdan beri aloqaga chiqmayapti va policiya uni qidirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC