Pochettino "Real"ga ketsa, uning o'rnini kim egallaydi?

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 14:50
Maurisio Pochettino "Real"ga o'tadigan bo'lsa, "Tottenxem" rahbariyati uning o'rniga keladigan murabbiyni aniqlab oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik mutaxassis o'rnini 2017/18 mavsumda "Napoli"ni boshqargan Mauricio Sarri egallashi mumkin.

Oldinroq, italiyalikka "Chelsi" qiziqish bildirayotgan edi, ammo ko'klar Neapol klubiga 8 mln. evrolik tovon pulini to'lashni istamadi.

So'nggi mavsum "Napoli" Sarri qo'l ostida A Seriyada ikkinchi o'rinni egalladi. Ayni damda neapolliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia