Piter Odemvinge: “Guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarimiz yomon emas”

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2014
Bosniya va Gercogovina darvozasiga yagona golni urgan Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Piter Odemvinge, o'z jamoasi guruhdan chiqishi uchun yaxshi imkoniyatga ega deb hisoblaydi.
“Bunday tarixiy g'alabaga erishganimiz juda ajoyib. Bizning o'yinimizdan ko'ngli to'lmayotgan muxlislarimizni hursand qilishimiz shart edi. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarimiz yomon emas, buyog'i nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Balki Afrika Kubogida chempion bo'lganimizdan ko'ra, mundialda yanada yaxshiroq ishtirok etarmiz” – deydi Odemvinge.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net