

"Djuzeppe Sinigalya" stadionida kechgan bahs muxlislarga haqiqiy drama va gollar shousini taqdim etdi. Uchrashuvni Davide Massa boshqarib bordi. O'yin mezbonlarning kutilmagan hujumlari bilan boshlandi. 36-daqiqada Aleks Valle hisobni ochgan bo'lsa, 45-daqiqada Nikolas Pas "Komo"ning ustunligini ikkita to'pga oshirdi. Biroq, oradan hech qancha o'tmay Markus Tyuram bitta javob to'pini kiritib, "Inter"ni o'yinga qaytardi.
Ikkinchi bo'limda "neradzurri" to'liq ustunlikni o'z qo'liga oldi:
49-daqiqa: Markus Tyuram dubl qayd etib, muvozanatni tikladi.
58-daqiqa: Denzel Dumfris mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
72-daqiqa: Dumfris ham o'z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo'ydi.
Uchrashuv yakunida, 89-daqiqada Lukash Da Kunya penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirgan bo'lsa-da, bu "Komo"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Yakuniy hisob - 4:3, Milan klubi foydasiga.
Ushbu g'alabadan so'ng "Inter" 75 ochko bilan Seriya A jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. "Komo" esa 58 ochko bilan 5-o'rinda qoldi.



