O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lanka ustidan g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2018, 18:17
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida o'tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini mezbon Shri-Lanka U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Kuchli yomg'ir ostida o'tgan murosasiz o'yinda Ilxom Xanjariev shogirdlari Shri-Lanka ustidan 4-0 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishishdi. Uchrashuvdagi gollarni Leyla Oraniyazova, O'g'iloy Sadullaeva, Oysara Suyunova hamda Diyora Jo'raboevalar kiritishdi.

Terma jamoamiz so'nggi tur o'yinini 23 sentyabr kuni soat 14:30 da Xitoy U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz