YCHL. "Barselona" ikkinchi o'yinda ham "Real"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

3 apr 2026, 00:59
Ayollar o'rtasidagi YCHLning 1/4 finali doirasida "Barselona" "Real"ni 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Tomonlarning dastlabki o'yinida ham Kataloniya qizlar jamoasi 6:2 hisobida g'alabaga erishgandi.

Shu orqali "Barselona" 12:2 hisobida raqiblarini mag'lub etib, turnir yarim finaliga yo'llanma oldi.

Ushbu bosqichda jamoani "Bavariya"ga qarshi bahs kutib turibdi.

"Arsenal" ikkinchi yarim finalda "Volfsburg" va "Lion" juftligiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia