Osiyo chempionati U23. Ertaga barchasi oydinlashadi

Aslanov Jasurbek
19 may 2015, 12:55
18 may kuni BAAda Osiyo chempionati saralash bahslarining "B" guruhi 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"B" guruhining birinchi va ikkinchi tur uchrashuvlarining natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:

1-tur

Iordaniya U23 - Pokiston U23 5:0

Quvayt U23 - Qirg'iziston U23 0:0


2-tur

Pokiston U23 - Quvayt U23 0:2

Qirg'iziston U23 - Iordaniya U23 0:4


2-turdan so'ng "B" guruhida Iordaniya U23 yetakchilikni qo'lga olgan:

O'rinJamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1Iordaniya U2322009-06
2Quvayt U2321102-04
3Qirg'iziston U2320110-41
4Pokiston U2320020-70


Ertaga, 20 may kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi masalasi hal bo'ladi:

3-tur

Iordaniya U23 - Quvayt U23 19:15

Qirg'iziston U23 - Pokiston U23 22:15


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida 6 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallagan. Olimpiyachilarimizning to'plar nisbati +5. O'zbekiston U23 ushbu natijasi bilan ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida 5 jamoa bo'lib turibdi. Agar "B" guruhida 2 o'rin egasi bizdan yaxshiroq natija ko'rsatsa, 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Osiyo chempionati va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlaridan quruq qoladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia