OCHL-2022. "Paxtakor" uchinchi savatchadan joy oldi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2022, 14:55
OFK 2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun savatchalarni e'lon qildi.

Unga ko'ra O'zbekistonning "Paxtakor" klubi uchinchi savatchadan joy oldi. Yani "sherlar" guruh bosqichida "Al Vihdat" (Iordaniya), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Istiqlol" (Tojikiston) va "Ahal" (Turkmaniston) klublari bilan to'qnash kelmaydi. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.

Agar "Nasaf" pley-offda "Baniyas"ni (BAA) mag'lub etsa 4-savatchadan joy oladi.

Eslatib o'tamiz, OCHL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia