

O'yindan so'ng terma jamoamiz o'yinchisi Davron Choriev taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tojikiston bilan o'yindan murabbiylar o'z maqsadlariga yetishishdi. Birinchi uchrashuvda 3:0 hisobida g'alaba qozondik, ikkinchisida 1:1 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bahsda ham g'alaba uchun harakat qildik, lekin qayerdadir murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bajara olmadik, to'p darvozaga kirmadi. Shunga qaramay muxlislarbop o'yin bo'ldi. Osiyo va Jahon chempionatlariga yaxshi tayyorgarlik bilan boramiz.
2 yil davomida faoliyatimda tanaffus bo'ldi, jarohatlardan tiklandim. Buning uchun "Ezgu niyat" klinikasiga, BMB futzal klubi prezidentiga katta rahmat aytaman. Ishonchlarni oqlashga harakat qilaman.
Qaytganimdan keyingi ilk golim bo'ldi, ammo durangdan qoniqmadim. Keyingi o'yinlarda xudo xohlasa yutamiz",- deydi Davron Choriev.



