

Mutaxassis Valeriy Karpin shogirdlaridan birinchi navbatda ishonchli himoya va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishni kutayotganini ta'kidladi.
“Men Rossiya terma jamoasidan chiroyli emas, birinchi navbatda sifatli futbol kutyapman. Umid qilamanki, futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida paydo bo'ladigan vaziyatlarda to'g'ri harakat qilishadi va mudofaada ishonchli o'ynashadi, chunki hamma narsa himoyadan quriladi. Mening nazarimda, milliy jamoa Uzbekston va Venesuela bilan o'yinda kuch poziciyasidan turib, birinchi raqam ostida harakat qilishi shart”, - dedi Kuznecov “RB Sport” bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi ertaga, 12 noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Venesuela milliy jamoasiga qarshi bah esa 17 noyabr kuni Krasnodarda o'tkaziladi.



