"Nyukasl" 2 futbolchi bilan hamkorlikni davom ettiradi

20 iyun 2020, 23:51
Angliyalik hujumchi Endi Kerroll va ispaniyalik himoyachi Xaver Mankilo "Nyukasl" bilan hamkorlik bitimini uzaytirishga rozi bo'lgan.

Bu haqida BBC ma'lum qildi. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanishi kerak edi.

Eslatib o'tamiz, Kerroll o'tgan yil "Vest Xem"dan xarid qilingan bo'lsa, Mankilo "Nyukasl" safiga 2017 yilda "Atletiko" (Madrid)dan kelib qo'shilgandi.


Manba: BBC