Florentino Peres "Bavariya" bilan o'yin oldidan: "Men endi hayajonlanmayman - 25 yildan beri "Real"daman"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026, 23:20
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres bugun bo'lib o'tadigan YCHL chorak final javob bahsi oldidan o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

Madridliklar bugun safarda Myunxenning "Bavariya" jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv nemislarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

"Bugungi o'yin oldidan hayajonlanyapmanmi? Men bu yerda 25 yildan beri ishlayapman, endi aslo asabiylashmayman", - dedi Peres.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Real Madrid" o'rtasidagi javob uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "PSJ" jamoasi bilan to'qnash keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito TV