Noyer Bundesligada Kanning rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
20 mar 2022
Germaniya chempionati 27-turida “Bavariya” o'z maydonida “Union Berlin”ni yirik (4:0) hisobda taslim etdi.

Bu myunxenliklar kiperi Manuel Noyer uchun Bundesligadagi 311-g'alaba bo'ldi va u mazkur natija bo'yicha Oliver Kanning rekordini yangiladi. 35 yoshli darvozabon musobaqada 460 ta o'yinda qatnashgan va g'alabalar ko'rsatkichi 68 foizni tashkil qilmoqda.

Noyer “qizillar” bilan 9 marta mamlakat chempionligi va 17 bor har xil toifadagi turnirlarda g'oliblikka erishgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru