

Manba ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi 25 yoshli futbolchining vakillari bilan allaqachon bog'lanib bo'lgan. Qayd etilishicha, futbolchiga "Liverpul” va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.
"Nyukasl" Gordonning ehtimoliy savdosidan taxminan 90-100 million evro daromad olmoqchi.
Gordon 2023 yildan beri "Nyukasl" safida o'ynamoqda. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.



