"Manchester Siti" nemis futboli istedodlaridan biri uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
9 apr 2026, 19:55
"Gerta"ning 16 yoshli yarim himoyachisi Kennet Ayxxorn transfer bozorida shov-shuv ko'tarishga tayyor.

Nufuzli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Berlin jamoasining vunderkindi ko'plab klublar tomonidan istiqbolli o'yinchi sifatida qaralmoqda. Premer-liganing yana bir nomi noma'lum klubi "Manchester Siti" va Bundesliga gigantlari, jumladan, "Bavariya" ham iqtidorli nemis futbolchisi uchun kurashmoqda.

Ayxxorn ushbu mavsum "Gerta" asosiy jamoasida 16 o'yinda 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano