

Myunxenliklarning 40 yoshli sardori muddati tugayotgan shartnomani uzaytirish-uzaytirmasligini hali hal qilmagan, faxriyning faoliyatini yakunlash rejalari ham noaniq qolmoqda.
Angliyaning "Brayton" klubi Noyerni jiddiy nishonga oldi. Manbaga ko'ra, "chaykalar" bosh murabbiyi Fabian Xyurtselerning shaxsan o'zi transferni talab qilmoqda - u o'z jamoasida yulduz vatandoshini ko'rishni istaydi.
Manuel Noyer 2011 yildan beri "Bavariya" safida o'ynamoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar joriy oyda o'tkazilishi kerak.



