Nematillo Qutiboev: "Uchinchi goldan so'ng markaziy himoyachilarimiz xatoga yo'l qo'ya boshladi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2026, 00:12
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "BuxDU" - "Aral" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Qutiboev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Og'ir o'yin bo'lishini bilgandik. Raqib ham bizga qarshi tayyorgarlik bilan chiqishi ma'lum edi. Yaxshi ham birinchi bo'limda gollar urib oldik. O'yin nazoratimiz ostida o'tdi. Uchinchi golni urganimizdan so'ng markaziy himoyachilarimiz xatoga yo'l qo'ya boshladi. Shu bois o'yin asabiy ruhda kechdi",- deydi Nematillo Qutiboev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia