"Navbahor": "Mashal"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2017, 15:31
Samarqandda “Dinamo” bilan o'tgan uchrashuvdan so'ng "Navbahor" a'zolariga qisqa muddatlik tatil e'lon qilingandi.

Ikki kun davomida hordiq chiqargan futbolchilar bugun klub qarorgohida to'planishdi. Kunning ikkinchi yarmida jamoa ixtiyoriga yetib kelgan futbolchilar yana birozdan so'ng boshlanadigan mashg'ulot orqali Muborakning “Mashal” jamoasi bilan kechadigan bahsga tayyorgarlikni boshlashadi. Eslatib o'tamiz, “Mashal”ga qarshi o'yin 7 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. 6 aprel kuni esa har ikki jamoa yoshlari To'raqo'rg'onda bahs olib borishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz