

Superliga
9-tur
"Navbahor" – "So'g'diyona" 1:1
Toshkent. "Olimpiya" stadioni. 19:00
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: 0:1 – 71, Lyupcho Doriev (Feysal Mulich), 1:1 – 90+3, Islombek Mamatkazin (Aleks Fernandes)
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov (6.Shohruh Abdurahmonov, 70), 13.Benjamin Teydi (20.Quvondiq Ro'ziev, 80), 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (77.Muhammadali Usmonov, 70), 28.Katulondi Kati (97.Aleks Fernandes, 80), 34.Giorgi Jgerenaya, 70.Abbos G'ulomov (10.Shohmalik Komilov, 70).
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 5.Dilshodjon Komilov, 18.Isoxon Musoxonov, 44.Anri Chichinadze.
“So'g'diyona”: 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 7.Aleksandar Bolevich (9.Feysal Mulich, 46), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (77.Oybek Nurmatov, 66), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollabergan Karimov (4.Otabek Ahadov, 84), 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 32.Nodirjon Soyibov, 70.Jasurbek Jaloliddinov (10.Javohir Qahramonov, 46)
Zaxira: 74.BayramNajafaliev, 8.Suhrob Izzatov, 21.Toxirbek To'xtasinov, 29.Amirbek Saidov, 42.Sardorbek Erkinov.
Ogohlantirishlar: Jasur Jaloliddinov (22), Javohir Qahramonov (85), Lyupcho Doriev (87)
O'YIN YAKUNLANDI!
90+7' – "Navbahor" vakillari so'nggi soniyalarda g'alabani ilib kyetish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda. Islombek Mamatkazin yana bir bor zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi. To'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
90+3' – GOL! "Navbahor" muvozanatni tikladi!
Aleks Fernandesning yo'llagan zarbasi rekoshet holatida Islombek Mamatkazinga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va darvozabonni chalg'itgan holda "So'g'diyona" darvozasidan o'rin oldi. So'nggi daqiqalarda namanganliklar iroda ko'rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi!
Stadionda haqiqiy bayram – 1:1.
90+2' – “So'g'diyona” tarkibida navbatdagi o'zgarish: Doriev maydonni tark etdi, uning o'rniga Sardorbek Erkinov bahsga qo'shildi. Mehmonlar ushbu taktik almashtirish orqali ham vaqtdan yutishmoqda, ham yangi kuchlar bilan mudofaani mustahkamlashmoqda.
90' – Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti nihoyasiga etdi. Bosh hakam tomonidan taymga 7 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
Namanganliklar muvozanatni tiklash uchun so'nggi daqiqalarni hujumda o'tkazishga harakat qilishadi. Uchrashuvning eng hayajonli lahzalari boshlanmoqda.
87' – Sariq kartochka! "So'g'diyona" futbolchisi Lyupcho Doriev hakam qaroriga nisbatan o'ta keskin etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. Maydonda ehtiroslar tobora avj olmoqda.
87' – "So'g'diyona"da yana bir qulay imkoniyat. Feysal Mulich darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi. Vaziyat yakunlangach, hakam mehmonlar hujumchisi o'yindan tashqari holatda qolganini qayd etdi.
85' – Sariq kartochka! "So'g'diyona" yarim himoyachisi Javohir Qahramonov hakam qaroriga keskin etiroz bildirgani uchun ogohlantirish oldi. Bu uchrashuvdagi ikkinchi sariq kartochka bo'ldi.
84' – "So'g'diyona" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Ollabergan Karimov maydonni tark etdi, uning o'rniga Otabek Ahadov tushdi.
80' – "Navbahor" tarkibida navbatdagi o'zgarishlar. Mezbonlar hujumkorlikni oshirish maqsadida yangi kuchlarni o'yinga qo'shishmoqda:
Katulondi Kati o'rniga Aleks Fernandes;
Benjamin Teydi o'rniga Quvondiq Ro'ziev maydonga tushdi.
73' – Xavfli vaziyat! "So'g'diyona" hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Feysal Mulich O'tkir Yusupov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, biroq mezbonlar posboni o'z vaqtida oldinga chiqib, to'pni autga tepib yubordi va xavfni bartaraf etdi.
71' – GOL! "So'g'diyona" hisobni ochmoqda!
Lyupcho Doriev! O'ng qanotdan etkazib berilgan pasdan so'ng, Doriev to'pni to'xtatmasdan darvozaning uzoq pastki burchagiga aniq joylab qo'ydi. O'tkir Yusupov jamoasini qutqara olmadi. Mehmonlar oldinda!
"Navbahor" – "So'g'diyona" – 0:1.
70' – "Navbahor" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish! Mezbonlar bosh murabbiyi yangi kuchlarni maydonga tushirmoqda:
Vanya Ilich o'rniga Muhammadali Usmonov;
Diyor Xolmatov o'rniga Shohruh Abdurahmonov;
Abbos G'ulomov o'rniga Shohmalik Komilov maydonga tushdi.
Namanganliklar hujum chizig'ini butunlay yangilab, o'yin tizginini qaytarishga harakat qilishadi.
66' – "So'g'diyona" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Otabek Jo'raqo'ziev zaxiraga olindi, uning o'rniga maydonga Oybek Nurmatov tushdi.
63' – "Navbahor"dan navbatdagi hujum. Benjamin Teydi jarima maydoni chizig'i ustidan kuchli zarba yo'lladi. To'p yo'lida to'siq bo'lgan himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi.
60' – Filip Ivanovichdan yana bir zarba! "So'g'diyona" himoyachisi bu safar ham darvozani nishonga oldi, biroq uning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. To'p maydonni tark etdi.
59' – Kutilmagan vaziyat! O'tkir Yusupov oldinga chiqib to'pga o'ynamoqchi bo'lganda toyib ketdi va darvoza oldida xavfli holat yuzaga kelishi mumkin edi. Biroq posbon tezda o'zini o'nglab oldi va to'pni autga tepib yubordi.
57' – Gol bekor qilindi! VAR tekshiruvidan so'ng Filip Ivanovichning goli o'yindan tashqari holat sababli inobatga olinmadi. Hisob o'zgarishsiz qoldi – 0:0.
52' – GOL! Filip Ivanovich sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi! Chap qanotdan uzatilgan to'p "So'g'diyona" futbolchisiga tegib, jarima maydoni ichidagi Ivanovichga kelib tushdi. U esa to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi.
VAR! Hozirda videotakrorlar orqali gol urilgan vaziyatda ofsayd bor-yo'qligi tekshirilmoqda. Hali yakuniy qaror qabul qilinmadi. Kutamiz.
49' – Adhamzodaning uzatmasini Soyibov qaytardi – burchak to'pi. Burchakdan etkazib berilgan to'pni esa "So'g'diyona" himoyachilari jarima maydonidan uzoqlashtirishdi.
46' – Ikkinchi bo'lim boshlandi! Jamoalar maydonga qaytishdi.
"So'g'diyona" tarkibida ikkita o'zgarish: Aleksandar Bolevich va Jasurbek Jaloliddinov zaxiraga olindi. Ularning o'rniga Feysal Mulich hamda Javohir Qahramonov maydonga tushishdi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Ravshan Abduvohidov hushtagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif etdi.
Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.
Birinchi 45 daqiqalik "Navbahor"ning faolligi va Diyor Xolmatovning darvoza ustunini poylagan zarbasi bilan yodda qoldi. "So'g'diyona" esa asosan qarshi hujumlarda imkon qidirdi. Birozdan so'ng ikkinchi bo'limni birgalikda kuzatamiz.
45+1' – Diyor Xolmatov raqib jarima maydoni yaqinidan kuchli zarba yo'lladi. To'p Filip Ivanovichga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi.
45' – Birinchi bo'limning asosiy vaqti nihoyasiga etdi. Bosh hakam tomonidan bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shildi.
42' – "So'g'diyona" hujumi. Aleksandar Bolevichning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Bundan tashqari, vaziyat yakunlangach, hakam mehmonlar hujumchisi ofsaydda qolganini qayd etdi.
40' – Diyor Xolmatov raqib jarima maydoni ichida Abdulazizxon Abdurashidov bilan kurashga kirishdi. To'qnashuv natijasida har ikki futbolchi ham maydonga yiqildi. Bosh hakam ushbu vaziyatda qoida buzilmagan deb hisobladi va darvozadan to'p kiritish ishorasini ko'rsatdi.
35' – Xavfli vaziyat! Diyor Xolmatovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi ustunga tegib qaytdi! Qaytgan to'pga Umar Adhamzoda zarba berdi, biroq "So'g'diyona" posboni Nikola Mirkovich mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarishga erishdi. Namanganliklar hisobni ochishga juda yaqin kelishdi!
33' – "Navbahor" jarima to'pini bir necha paslar orqali o'yinga kiritdi. Hujum yakunida Katulondi Kati zarba yo'lladi, biroq Nikola Mirkovich to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
32' – Jarima to'pi. "So'g'diyona" himoyachisi Filip Ivanovich raqibini ushlab qolgani uchun hakam qoida buzilganini qayd etdi. "Navbahor"da standart vaziyat yuzaga keldi.
30' – "Navbahor"da navbatdagi imkoniyat. Benjamin Teydining darvoza tomon yo'llagan zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi va xavfni bartaraf etdi.
27' – Havodagi to'p uchun kurash. Katulondi Kati "So'g'diyona"ning ikki nafar futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Hakam ushbu vaziyatda "Navbahor" hujumchisi raqiblariga nisbatan fol ishlatdi, deb hisobladi.
22' – Sariq kartochka! Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish. Jasurbek Jaloliddinov Umar Adhamzodani qo'pollik bilan to'xtatgani uchun Ravshan Abduvohidov tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
22' – Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pni Katulondi Kati boshi bilan sherigiga uzatdi, biroq darvoza oldida turgan Benjamin Teydi to'pga eta olmay qoldi. Namanganliklar hisobni ochishga juda yaqin kelishdi.
21' – "Navbahor" chap qanotdan uzatma amalga oshirdi. "So'g'diyona" himoyachisi Islomjon Qobilov to'pni boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.
17' – O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Otabek Jo'raqo'ziev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi.
16' – Lyupcho Doriev hamda Benjamin Teydi o'rtasida to'p uchun keskin kurash kechdi. Vaziyat yakunida Doriev jamoasi foydasiga burchak to'pi ishlab oldi.
14' – "So'g'diyona" futbolchisi Lyupcho Dorievning qanotdan uzatgan xavfli to'pini "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov mushtlari bilan urib yubordi. Xavf bartaraf etildi.
10' – Maydonda to'xtalish. "Navbahor" himoyachisi Umar Adhamzoda jarohat olib maydonda yotibdi. Shifokorlar futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.
4' – "So'g'diyona" ikkita burchak to'pini amalga oshirdi. Mehmonlarning ketma-ket bosimiga qaramay, "Navbahor" himoyachilari havodagi kurashda ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etishdi.
1' – O'yin boshlandi! Ravshan Abduvohidov hushtagi chalindi, maydon markazidan to'p o'yinga kiritildi. Jamoalar ilk daqiqalardan ehtiyotkorlikni saqlamoqda.



