

Bahrom Abduraximovga Toshkentning "Paxtakor" klubi jiddiy qiziqayotgandi.
Ayni paytda klub va futbolchi o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tmoqda. Bu haqda saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov ma'lum qildi.
Bahrom Abduraximov o'zining kelajagi borasida hali aniq bir qarorga kelgani yo'q. Futbolchi yangi yilga qadar kelasi mavsumni qayerda o'tkazishi bo'yicha aniq bir to'xtamga keladi.
Bahrom Abduraximovning "Nasaf" bilan tuzgan bitimi yil yakunida tugaydi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Paxtakor" klubi "Nasaf"ning boshqa bir futbolchisi Farruh Sayfievga qiziqayotgani haqida xabar bergandik.




