

Superliga, 9-tur
"Nasaf" – "Lokomotiv" 2:3
Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 19:00
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Asadbek Qosimjonov
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Shohrux A'zamov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: Sharof Muhitdinov 23, - 1:0. Sardor Mirzaev 43, - 1:1 (Bilol Tupliev). Temurxo'ja Abduxoliqov 63, - 1:2. Oybek Rustamov 73 avtogol, - 1:3. Yusuf Otubanjo 88, - 2:3 (Yashnarbek Berdirahmonov).
"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akramjon Komilov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 56), 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardorbek Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (20.Yusuf Otubanjo, 71), 10.Bobir Abdixoliqov (80.Davronbek Usmonov, 76), 14.Sharof Muhitdinov (23.Dilshod Murtazaev, 76), 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (22.Diyor Abdunazarov, 71), 32.Quvonchbek Xushvaqtov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 33.Bahodir Xalilov, 76.Zafar Sadullaev, 99.Kingsli Sokari.
"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev (26.Abdulloh Yo'ldoshev, 80), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (22.Sunnatilla Poyonov, 80), 18.Oleksandr Kucherenko, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 61.Nurlan Ibraimov (10.Shodiyor Shodiboev, 46), 70.Muhammadali Reimov (45.Yovan Nishich, 61).
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 5.Anzur Ismoilov, 7.Quvonchbek Abraev, 88.Islombek Baratov, 99.Muhriddin Zoirov.
MATNLI TRANSLYATSIYA
90+4. Uchrashuv yakunlandi. “Nasaf” - “Lokomotiv“ 2:3
90+1. O'zgarish. “Lokomotiv”. Abduxoliqov o'rniga Zoirov tushdi
90. O'yinga 4 daqiqa qo'shildi
88. GOL! YUSUF OTUBANJO! 2:3. Berdirahmonov burchakdan to'pni uzatdi, Otubanjo boshi bilan gol urdi.
88. Zarba! Usmonovning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Kozlov to'pni qaytardi!
86. Zarbaaa! Bahromovning burama zarbasi biroz noaniq ketdi!
80. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Tupliev va Mirzaev o'rniga Yo'ldoshev va Poyonov tushdi
76. O'zgarishlar. "Nasaf". Abdixoliqov va Muhitdinov o'rniga Usmonov va Murtazaev tushdi
73. AVTOGOL! Oybek Rustamov. Yovan Nishichning jarima maydoni markaziga uzatgan to'pini Rustamov o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ydi - 1:3.
71. O'zgarishlar. “Nasaf“. Rahmatov va Abdirahmatov o'rniga Otubanjo va Abdunazarov tushdi
63. GOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! 1:2. “Lokomotiv“ning hujumi Tuplievning kuchli zarba bilan davom etdi, to'p himoyachidan qaytdi, qaytgan to'pni Abduxoliqov to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi!
61. O'zgarish. “Lokomotiv“. Reimov o'rniga Nishich tushdi
60. “Nasaf“ning hujumi, Shalaning zarbasi Kucherenkoga tegib maydonni tark etdi
56. O'zgarish. “Nasaf“. Komilov o'rniga Berdirahmonov tushdi
48. ZARBAAAA! Burchak to'pidan keyin Shodiboev boshi bilan darvozga aniq zarba berdi, Ne'matovdan ajoyib seyv!
46. Ikkinchi taym boshlandi.
46. O'zgarish. “Lokomotiv“. Ibraimov o'rniga Shodiboev tushdi
45. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1, tanaffus
43. GOL! SARDOR MIRZAEV! 1:1. Chap tomondan Tupliev uzatgan to'pni Mirzaev boshi bilan darvozaga yo'lladi.

30. Hisob ochilgach, "Lokomotiv" ko'proq hujum qilishga urinmoqda. "Nasaf" esa to'pni egallashi bilan qarshi hujumga o'tmoqda
23. GOL! SHAROF MUHITDINOV! 1:0. Abdirahmatovning faolligidan keyin Sharof Muhitdinov jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyoqda gol urdi!
20. Ikkala jamoa ehtiyotkor futbol namoyish etmoqda. Bugungi bahs Qo'qon shahrida bo'lib o'tmoqda.
10. ZARBAAA! “Lokomotiv“ning hujumi, Zoteev chapdan to'pni markazga uzatdi, Reimov to'pni sherigiga qoldirdi, Abduxoliqovning zarbasidan keyin Ne'matov to'pni ushlab oldi
5. ZARBAAAAA! Endi “Nasaf“ning hujumi, o'ng qanotdan Abdirahmatov oshirgan to'pni Rahmatov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi
4. Xavfli vaziyat! “Lokomotiv“ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumini Reimov zarba bilan tugatdi, Ne'matov o'z o'rnida
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.



