"Napoli" prezidenti: "Biz Sarriga hamma narsa berdik, ammo uch yil ichida hech narsa yutmadik"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 15:58
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoani yozda tark etgan murabbiy Mauricio Sarri ishiga baho berdi.

"O'tgan mavsum jamoa yaxshi o'ynayotganidan xursand edik, biroq baribir xafamiz, chunki hech narsa yuta olmadik. Sarriga u istagan hamma narsani berdik, ammo uch yil ichida birorta sovringa ega chiqmadik" - deydi De Laurentis.

So'nggi mavsum "Napoli" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe