MYU yaponiyalik darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2023, 21:56
"Manchester Yunayted" yaponiyalik posbon Zion Suzukini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Bugun MYU David De Xea bilan xayrlashganini e'lon qildi. Klub ispaniyalik o'rniga Andre Onanani asosiy darvozabon sifatida ko'rmoqda.

Mankunianlar zaxira darvozabon roliga "Urava Red Daymonds"ning 20 yoshli posboni Suzuki transferini ko'rib chiqishmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.

Suzuki joriy mavsum Yaponiya chempionatining 8ta uchrashuvida 8ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports