

"Sky Sports" xabariga ko'ra, London klubi 22 yoshli yaponiyalik futbolchini yaqin vaqt ichida qo'lga kiritmoqchi. "Bolg'achilar" yaponiyalik darvozabonni qo'lga kiritish uchun kurashda "Manchester Yunayted"dan o'zib ketish niyatida.
Ayni damda mutaxassislar Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoasi tarbiyalanuvchisining transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda. Suzuki "Parma"da 2024 yildan beri o'ynab kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, Zion Suzuki o'tgan mavsum "Parma" tarkibida Italiya chempionatida 37 o'yin o'tkazgan bo'lsa, shulardan 7 tasida darvozasidan to'p olib chiqmagan.



