"Manchester Yunayted" yaponiyalik darvozabon Suzuki transferi ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023
"Urava Red Daymonds" darvozaboni Zion Suzuki faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mankunianlar 20 yoshli posbonni keyingi mavsum uchun zaxira varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.

Suzuki "Urava Red Daymonds" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa safida 29 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol o'tkazib yuborgan va 12 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Eslatib o'tamiz, Suzuki o'tgan yili O'zbekiston mezbonligida kechgan U-23 Osiyo Kubogida Yaponiya bilan 3-o'rinni qo'lga kiritgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano