

Hozirda tomonlar o'rtasida 25 yoshli futbolchining o'tishi bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti. Bu haqda Fussball xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Germaniya klubi ispaniyalik o'yinchini sotishga oshiqmayapti. "Bayer" Guterresni 50-60 mln evroga sotishga tayyor.
Joriy mavsumda Guterres barcha turnirlarda beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 mln evroni tashkil etadi.



