Umarali Rahmonaliev: "O'zbekistonlik jurnalistlar men uchun kelganidan xursandman"

25 noya 2026, 09:59
Ozarbayjonning "Sabah" klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O'zbekistondan kelgan jurnalistlarga minnatdorlik bildirdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Bokudagi matbuot anjumanida o'zbekistonlik OAV vakillari ko'pchilikni tashkil etayotganiga e'tibor qaratdi.

"Bu yerda O'zbekistondan kelgan ko'plab jurnalistlarni ko'ryapman. Ular men uchun bu erga kelishganidan xursandman. Umid qilamanki, ertaga yaxshi uchrashuv bo'ladi. Muxlislarga bizning yaxshi o'yinimizni ko'rish yoqimli bo'ladi. Bunday raqibga qarshi bor kuchimizni ishga solishimiz kerak", – dedi Rahmonaliev.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi avvalroq Azerisport nashriga bergan intervyusida "Barselona" uning klublar miqyosida to'qnash keladigan eng nomdor raqibi bo'lishini takidlagan edi.

Shuningdek, Rahmonaliev uchrashuv Bokuda o'tkazilayotganidan xursand ekanini, kelajakda "Kamp Nou" stadionida ham o'ynash imkoniyati paydo bo'lishiga umid qilishini bildirgan.

"Sabah" – "Barselona" uchrashuvi 25 noyabr kuni Bokuda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Azerisport