Muxlislar hakamlarga qizil kartochka ko'rsatdi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2026
Turkiya Superligasining 29-turida "Beshiktosh" o'z maydonida "Antalyaspor"ni qabul qildi.

O'yin davomida "Beshiktosh" muxlislari o'tgan turda "Fenerbaxche"ga qarshi kechgan bahsda hakam tomonidan qabul qilingan bahsli qarorlarga nisbatan madaniy tarzda etiroz bildirishgan.

Xususan, stadionda hakamlarning ism-shariflari e'lon qilinayotgan vaqtda va o'yinning dastlabki hushtagi chalinishidan biroz avval muxlislar qizil kartochkalarni baland ko'targan holda o'z noroziliklarini namoyish etishgan.

hakk.jpgScreenshot_5.jpg


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia