Morata 20 mln. evro evaziga “Yuventus”ga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 18:53
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata Madridning “Real” klubidan Turinning “Yuventus”iga ko'chib o'tdi.
Morataning transferi “Keksa sinoralar”ga 20 mln. evroga tushdi. “Yuventus” bu summani 3 yil davomida to'lab boradi.

21 yashar futbolchi bilan shartnoma 5 yilga imzolandi. Kelishuvda “Real” Moratani 2015/16 yoki 2016/17 yilgi mavsumda 30 mln. evrodan ko'p bo'lmagan summaga qayti sotib olish huquqiga ega ekanligi haqidagi band bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com