"Mixed zone". Diyor Xolmatov: "Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Ular yaratgan muhitni tariflashga til ojiz"

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2022, 21:52
O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyin termamiz yarim himoyachisi Diyor Xolmatov maxsus hududda fikrlarini bildirib o'tdi.

"Munosib o'ynadik. Tan olish kerak, Saudiya Arabistoni kuchli. Hechqisi yo'q, bundan xulosa chiqaramiz. Asosiysi, Olimpiadaga chiqishimiz kerak. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Ular yaratgan muhitni tariflashga til ojiz", – dedi yarim himoyachi. 

- Jamoaga bugungi o'yinda nima yetishmadi?

- Jamoamizga tajriba yetishmadi. 

- Maydon holati xususida qanday fikrdasiz?

- Saudiya Arabistoni ham shu maydonda o'ynadi, shunchaki tajriba yetishmay qoldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia