"Xorazm" himoyachisi jamoa bilan hamkorlik qilishda davom etadi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025
"Paxtakor" himoyachisi Diyor Ortiqboev yangi mavsumni "Xorazm" tarkibida boshlaydi.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

"O'tgan mavsum ikkinchi davrada "Paxtakor"dan "Xorazm"ga ijaraga berilgan Diyor Ortiqboev faoliyatini Urganchda davom ettiradi", – deyiladi xabarda.

22 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "cho'girmalilar" libosida 15 o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli pas uzatdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia