

"Rossoneri" 12 mln evro va bonuslar taklif etdi. "Monako" futbolchi uchun 18 mln evro so'ramoqda.
Muzokaralar davom etmoqda. "Milan" rahbariyati futbolchi bilan shartnoma imzolashiga umid qilmoqda.
Fofana 2020 yilning yanvaridan beri "Monako"da o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga etadi.
25 yoshli markaziy yarim himoyachi o'tgan mavsum Liga 1 va Fransiya Kubogida 35 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Evro-2024 da ham 3 ta o'yin o'tkazdi.
Transfermarkt portali fransiyalik futbolchini 30 mln evroga baholamoqda.



