"Milan" Bakayokoni qaytarmoqchi

Alisher
18 avg 2021
"Milan" "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayokoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar faol bosqichda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, 26 yoshli fransiyalik futbolchi London jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning rejalariga kirmaydi.

Bakayoko 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "Napoli"da o'tkazdi. U 44ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Bakayoko 2018/19 yilgi mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano