"Milan" Bakayokoni jamoasiga qaytarib yuboradi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023, 18:34
Italiyaning "Milan" klubi Temue Bakayokoni o'z jamoasiga qaytarib yuborishi mumkin.

28 yoshli tayanch yarim himoyachisi joriy mavsum Stefano Pioli jamoasida biror o'yinda ishtirok etmadi. U Angliyaning "Chelsi" klubidan ijaraga olingan edi. 

"Rossoneri" tarkibning yarim himoya chizig'ida bazi muhim qarorlar chiqarish uchun Bukayokoga chiqish eshiklarini ko'rsatishi mumkin. Italiya klubi ushbu nuqtaga boshqa o'yinchilarni jalb qilishga urinib qo'radi. Shuningdek, "San Siro" egalari Yasin Adliga ham ular bilan yo'llar ayro ekanini bildirish ehtimoli bor.

"Chelsi" Bakayokoni 2017 yilda "Monako"dan 40 mln evroga xarid qilgan edi. U faoliyatining asosiy qismini ijarada o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport