Mik Makkarti - Irlandiya terma jamoasining bosh murabbiyi

25 noya 2018, 22:15
Irlandiya termasining yangi bosh murabbiyi nomi e'lon qilindi.

Irlandiya termasining bosh murabbiyi lavozimiga Mik Makkarti munosib ko'rildi. Irlandiya MTJ matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 59 yoshli mutaxassis terma jamoani Evro-2020 turniri oxirigacha boshqaradi.

Eslatib o'tamiz, Mik Makkarti Irlandiya terma jamoasi bilan 1996-2002 yillarda mashg'ulot o'tagan.


Manba: twitter.com/FAIreland