

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi "Skuadra adzurra" 26 mart kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Agar keyingi bosqichga yo'l olsa, Italiya Uels – Bosniya va Gertsegovina juftligi g'olibi bilan bahs olib boradi.
Darvozabonlar: Eliya Kaprile ("Kalyari"), Marko Karnezekki ("Atalanta"), Janluiji Donnarumma ("Manchester Siti"), Aleks Meret ("Napoli").
Himoyachilar: Alessandro Bastoni, Federiko Dimarko (ikkalasi ham - "Inter"), Alessandro Buonjorno, Leonardo Spinaccola (ikkalasi ham - "Napoli"), Rikkardo Kalafori ("Arsenal"), Andrea Kambyazo, Federiko Gatti (ikkalasi ham - "Yuventus"), Diego Koppola ("Parij"), Janluka Manchini ("Roma"), Marko Palestra ("Kalyari"), Jorjo Skalvini ("Atalanta").
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella, Davide Frattezi (ikkalasi ham - "Inter"), Brayan Kristante, Nikkolo Pizilli (ikkalasi ham - "Roma"), Manuel Lokatelli ("Yuventus"), Sandro Tonali ("Nyukasl").
Hujumchilar: Federiko Keza ("Liverpul"), Franchesko Pio Espozito ("Inter"), Moyze Kin ("Fiorentina"), Matteo Politano ("Napoli"), Jakomo Raspadori ("Atalanta"), Mateo Retegi ("Al Qodisiya"), Janluka Skamakka ("Atalanta").
E'tiborli jihati shundaki, tarkibda "Milan"dan birorta ham futbolchi yo'q. Shu bilan birga, ro'yxatda "Inter"ning besh nafar futbolchisini ko'rish mumkin.
Italiya terma jamoasi so'nggi ikki Jahon chempionatini (2018 va 2022) o'tkazib yuborgan, chunki saralashdan keyin pley-off bosqichidan o'ta olmagan. Italiya JCHning to'rt karra (1934, 1938, 1982 va 2006) g'olibi sanaladi.



