

Tartibsizliklar sababi:
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni Meksika Qurolli kuchlari tomonidan o'tkazilgan maxsus operaciya davomida "Xalisko yangi avlodi" (CJNG) narkokarteli yetakchisi Nemesio Osegera (El Mencho) o'ldirilgan edi. Shundan so'ng mamlakatning bir qator shtatlarida kartel jangarilari va harbiylar o'rtasida keskin to'qnashuvlar va ommaviy tartibsizliklar boshlanib ketdi.
O'yin reja bo'yicha o'tadi:
"ESPN" nashrining xabar berishicha, dushanba kuni Meksika terma jamoasi xotirjam tarzda o'z mashg'ulotlarini o'tkazgan. Santyago-de-Keretaro shahrida Islandiya terma jamoasiga qarshi kechadigan o'rtoqlik bahsi rejaga muvofiq 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishi kutilmoqda.



