"Metallurg"ni yana bir futbolchi tark etdi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2024, 13:15
Himoyachi Azizbek Pirmuhammedov jamoa bilan xayrlashdi.

Ikkinchi davrani bekobodliklar safida o'tkazgan futbolchi erkin agentga aylandi. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

22 yoshli himoyachi yakunlangan mavsum "Surxon" tarkibida 2 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, "Metallurg" libosida 15 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan edi.

Bekobod jamoasida nimalar bo'lmoqda? Metallurgni yana 12 nafar futbolchi tark etdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia