"Metallurg" 11 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi, ulardan 2 tasi - legioner

Оқил Абдубарноев
30 iyul 2024, 20:28
Bekobodning "Metallurg" klubi davralar oralig'ida tarkibni bir qator futbolchilar bilan kuchaytirdi.

Toshkent viloyati jamoasi 11 nafar futbolchini O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL) ro'yxatidan o'tkazdi. Jumladan, Odil Abdumajidov, Asadbek Sobirjonov, Abbos Ergashboev, Kamron Hamroev, Azizbek Pirmuhammadov, Abubakr Ashurov, Kamron Omonov, Shahboz Abduvaliev, Davron Hoshimov jamoa bilan shartnoma imzoladi.

Shu bilan birga, tarkibga ukrainalik Oleksandr Kucherenko hamda chernogoriyalik Balsa Sekulich qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, jamoani ikkinchi davrada Grigoriy Kolosovskiy boshqaradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати