Medel Italiyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 17:55
"Beshiktosh" yarim himoyachisi Gari Medel Italiyaga qaytishi mumkin.

Chililik futbolchining xizmatlariga "Bolonya" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

"Ko'k-qizil"lar Medelning transferi uchun 2,5 million evrodan voz kechishga tayyor turibdi. 32 yoshli futbolchining o'zi ham top-chempionatga qaytishga qarshi emas. Agarda u Italiyaga qaytsa, yiliga 1,7 million evro maosh oladi.

Medel bunga qadar Italiyaning "Inter" jamoasida faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport