

Yosh o'zbekistonlik himoyachi Angliya Kubogida “Liverpul” ustidan qozonilgan g'alabada (4:0) yana bir bor o'zini namoyon etdi va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Nevillning maqtoviga sazovor bo'ldi.
"U - fantastik xarid. Shu paytgacha hech kim bilmagan o'zbekistonlik yosh futbolchi. Hozir esa hamma uning qanday o'yinchi ekanligi haqida gapiryapti.
"Liverpul"ning pressingi bilan yuzma-yuz kelganda umuman xavotir nimaligini his qilmagan yosh markaziy himoyachini hech qachon ko'rmagandim", – dedi Nevill.

Avvalroq Husanov Gvardioladan minnatdorliginitakidlagan edi.



