Karragerning fikricha, APL yangi mavsumida "Liverpul" chempion bo'ladi. Nevill talqinida esa "Arsenal"...

Sherzod Nurmatov
19 avg 2025, 17:58
Futbol ekspertlari Jeymi Karrager va Gari Nevill "Monday Night Football" dasturida Premer-liga 2025/26 yilgi mavsumi bo'yicha taxminlari bilan bo'lishdi.

Karrager talqini

Mavsum oxirida kuchli oltilik: "Liverpul", "Manchester Siti", "Arsenal", "Chelsi", "Nyukasl" va "Tottenxem"

Evrokubok yo'llanmasiga kutilmagan da'vogar: "Manchester Yunayted"

APLdan tushib ketadigan jamoalar: "Vulverxempton", "Sanderlend", "Byornli"

Xavfli hudud: "Vest Xem"

Mavsum to'purari: Erling Holand ("Manchester Siti")

Eng yaxshi xarid: Florian Virc ("Liverpul")

Kuzatib borish tavsiya qilinadigan o'yinchi: Estevao ("Chelsi")

Kuzatib borish tavsiya qilinadigan murabbiy: Oliver Glasner ("Kristal Pelas")


Nevill talqini

Mavsum oxirida kuchli oltilik: "Arsenal", "Manchester Siti", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Nyukasl"

Evrokubok yo'llanmasiga kutilmagan da'vogar: "Nottingem Forest"

APLdan tushib ketadigan jamoalar: "Lids Yunayted", "Byornli", "Vulverxempton"

Xavfli hudud: "Brentford"

Mavsum to'purari: Erling Holand ("Manchester Siti")

Eng yaxshi xarid: Viktor Gyokeresh ("Arsenal")

Kuzatib borish tavsiya qilinadigan o'yinchi: Adrien Tryuffer ("Bornmut")

Kuzatib borish tavsiya qilinadigan murabbiy: Ruben Amorim ("Manchester Yunayted")


Sizning fikringiz qanday? O'z variantlaringizni yozib qoldiring.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports