

17 yoshli angliyalik futbolchi ushbu bahsda dubl qayd etdi.
"O'yin arafasida, uchrashuv boshlanishidan sal oldin asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushish imkoniyati bo'lishini bilardim. Shunday ko'rinishda debyut qilish - shunchaki aql bovar qilmas holat. O'zim ham bunga ishonolmadim, lekin bu faqat boshlanishi, oldinda meni katta faoliyat kutmoqda. Bu ajoyib debyut bo'ldi. Hozir dunyoda mendan baxtliroq hech kim yo'q. Kattalar futbolidagi ilk bahsingizni o'tkazayotganda, barchasi ko'ngildagidek bo'lishiga umid qilasiz. Temp, futbolchilarning saviyasi - hammasi ancha yuqori va siz bu darajaga mos bo'lishingiz, yuklamalarni ko'tara olishingiz shart. Menimcha, buni uddalay oldim.
Yoshlar jamoasidan asosiy tarkib mashg'ulotlariga o'tish - katta qadam. Mashg'ulotlar ancha og'ir, ko'proq yugurishga to'g'ri keladi - sizdan ko'proq narsa talab etiladi va siz bunga dosh berishingiz kerak. Men asosiy tarkibning barcha o'yinchilari bilan gaplashib chiqdim va ular menga juda yaxshi munosabatda bo'lishdi. O'yindan oldin esa ular menga maslahatlar berib: "O'z o'yiningni ko'rsat, o'zing bo'l", deyishdi. Bu so'zlar menga ishonch bag'ishladi va bugungi ikkita golni urishimga yordam berdi.
Keyingi uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Hozir kuch to'plash va dam olish zarur, keyin esa jamoa yana ishga qaytadi. Ertaga mashg'ulot, dam olish kunlari esa "Sanderlend"ga qarshi o'yin. Hamma bu bahsga tayyor bo'lishi lozim", – deya Sambaning so'zlarini keltiradi BBC.
Musobaqaning 1/8 finalida "Manchester Siti" avvalgi bosqichda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgan (3:2) "Brayton" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



