Matiya Rom: "Qozog'iston va O'zbekiston chempionatlari o'ziga xos tarzda kuchli"

Оқил Абдубарноев
5 apr 2026
"Xorazm" klubining sloveniyalik himoyachisi Matiya Rom Qozog'iston va O'zbekiston futbolidagi farqlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zbekiston va Qozog'iston futboli o'rtasida bir qancha farqlar bor. O'zbekistonda aksariyat jamoalar – o'ylashimcha, 16 tadan 15 tasi – tabiiy maydonda o'ynaydi, Qozog'istonda esa ko'plab klublar sun'iy qoplamali maydonlardan foydalanishadi va bu, shubhasiz, o'yin uslubiga ta’sir qiladi.

Qozog'istonda yetakchi klublar, odatda, sifatliroq xorijlik o'yinchilarni jalb qiladi va bu daraja, ayniqsa, muhim o'yinlarda seziladi. O'zbekistonda esa maydonda besh nafar xorijlik o'yinchi o'ynashi bo'yicha cheklov mavjud va bu boshqacha dinamikani yaratadi.

Ushbu qoida tufayli mahalliy yosh o'yinchilarga ancha ko'proq imkoniyatlar beriladi. Ular ko'proq o'yin amaliyotiga, ko'proq mas'uliyatga ega bo'lishadi – va natijada ko'pincha tezroq rivojlanib, mahoratlarini oshirishadi.

Umuman olganda, ikkala liganing ham o'ziga xos kuchli tomonlari bor va bu ikki muhitda o'ynash menga futbolchi sifatida o'sishimga yordam berdi", – dedi Rom.

Takidlash joizki, 2026 yilning yanvar oyi oxirida sloveniyalik futbolchi O'zbekistonning "Xorazm" klubiga o'tdi va Superliga doirasida 4 ta to'liq o'yin o'tkazishga ulgurdi, biroq hozircha maydonda sermahsul harakatlari bilan ajralib turgani yo'q.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: KazFootball.kz